Markazning asosiy vazifalari

Respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalari uchun real ehtiyojlarni hisobga olib, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlarni, eng avvalo, Universitetda ta’lim olayotgan talabalarni keng jalb etgan holda ishlab chiqish
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilmiy maktablarni yanada rivojlantirish, yosh olimlar va ilmiy-pedagog xodimlar mehnatini rag‘batlantirish, ularning ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini tijoratlashtirishni tashkil qilish
Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalari buyurtmalari asosida boshqaruv, ishlab chiqarish, biznes va boshqa yo‘nalishdagi jarayonlarni avtomatlashtirishni tizimli ilmiy tahlil qilish, ularning modellarini hamda algoritmlarini ishlab chiqish va joriy etish

Respublikada yuqori texnologiyalarga asoslangan texnik va dasturiy mahsulotlarni yaratish, import o‘rnini bosuvchi qurilmalarni mahalliylashtirish va eksportbop qurilmalarni ishlab chiqish yuzasidan fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish
Universitet talabalari, mutaxassislari va yosh ilmiy xodimlarini mahalliy dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalariga keng jalb etish
Xorijiy mamlakatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilg‘or ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish

Sizda savollar mavjudmi yoki Sizga yordam kerakmi?